Janubiy Koreya KShJ bilan chegara keskinlashuvi fonida harbiy muzokaralarni taklif qildi
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi Pxenyanga chegara chizig‘ining aniq joylashuvini aniqlash va aloqa kanallarini tiklash maqsadida harbiy muzokaralarni taklif qildi. Sabab — sentyabr oyida DMZda sodir bo‘lgan minalar portlashi bo‘lib, unda uch janubiy koreyalik harbiy jarohatlangan. Seul minani Shimol qo‘ygan deb hisoblaydi, Pxeyan esa bu xulosani rad etadi.
Sevara Azamova