17-noyabrda Toşkentning Mirzo Ulugöbek va Yunusobod tumanlarida gaz vaqtinça öçiriladi
17-noyabr kuni «Hududgaz Poytaxt» Toşkentning Mirzo Ulugöbek va Yunusobod tumanlaridagi bir qança manzillarda gaz taʼminotini örtaça bosimli yer usti gaz quvurlarini xavfsiz hududga köçiriş işlari tufayli vaqtinça töxtatdi. Gazsiz qolganlar orasida minglab kvartiralar va xonadonlar, şuningdek kafelar va ulgurji isteʼmolçilar bor. İşlar tugagaç, gaz bosqiçma-bosqiç qayta berilişi vaʼda qilindi.
Sevara Azamova