Zelenskiy Ukrainaga 9,5 million kishining qaytishi zarurligini ma’lum qildi
Fox News telekanaliga bergan intervyusida Vladimir Zelenskiy Ukrainaga uy-joyini yo‘qotgan va chet elda bo‘lgan 9,5 million kishining qaytishi kerakligini aytdi. U bu raqamning manbalarini va fuqarolarni qaytarish chora-tadbirlarini aniqlamadi. Nemis IFO institutining tadqiqoti ma’lumotlariga ko‘ra, hatto qulay stsenariyda ham qochqinlarning atigi 47 foizi qaytishga tayyor.
Aziz Karimov


