O‘zbekistonda 2030-yildan boshlab tibbiyot va farmatsiya xodimlariga davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ishlash taqiqlanadi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktyabrdagi qarori bilan tibbiyot va farmatsiya xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. 2030-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini faqat ro‘yxatdan o‘tgan mutaxassislar oladi — besh yil muddatga. 2027-yil iyuldan 2030-yil yanvargacha ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy bo‘ladi.
Sevara Azamova