Yangiliklar

Fabio Kannavaro

«Fabio Kannavaro» mavzusidagi yangiliklar: voqealar, faktlar va tafsilotlar — tafs uz.

3 maqola

Paolo Kannavaro «Juilyano»ga bosh murabbiy bo‘lishdan bosh tortdi va O‘zbekiston terma jamoasi shtabida qoldi

Italiyaning «Juilyano» klubi Raffaele Di Napoli ishdan bo‘shatilgach, Paolo Kannavaroni bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqqan. Tomonlar 2027-yil iyunigacha muddatga shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan, biroq mutaxassisning O‘zbekiston terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi bitimga to‘sqinlik qilgan. TuttoMercatoWeb ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassis kamida 2027-yilgi Osiyo kubogigacha akasi Fabio shtabida qolishga qaror qilgan.

2 daq. o‘qish

Fabio Kannavaro AQSh yoki Meksika klublarida faoliyatini davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda — OAV

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, Meksikaning TUDN telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Lotin Amerikasi va AQSh bo‘zorida faoliyat yurituvchi agentlik bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, u unga Liga MX yoki MLS klublaridan takliflar izlamoqda. Shu bilan birga, mutaxassis terma jamoadagi ishini davom ettirmoqda: O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi bilan shartnomasi 2027-yil oktabrigacha amal qiladi.

1 daq. o‘qish

O‘zbekiston terma jamoasi 17-noyabr Do‘hada Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berishicha, Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoa 17-noyabr Do‘hada Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Boshlanish — Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da. Avval 12-noyabrda Toshkentda Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

1 daq. o‘qish