31 yoshli dasturchining ota-onasi OpenAI'ga qarshi sudga murojaat qildi: qizi ChatGPT tavsiyasi bilan tutqanoqqa qarshi dorini qabul qilishni to‘xtatgan
Amazon kompaniyasida ishlagan Bowen Van 2026-yil yanvarida ChatGPT'dan lamotrijin dozasini kamaytirish haqida so‘ragan va bot tuzgan jadval asosida dorini butunlay qo‘yib yuborgan. Fevralda u vafot etgan; rasmiy sabab — epilepsiya paytidagi to‘satdan kutilmagan o‘lim. Ota-onalar OpenAI'ga qarshi da’vo arz qildi, chat-bot litsenziyasiz tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanganini ta’kidlab.
Aziz Karimov