Arzon qurollar, o‘sib borayotgan qo‘rquvlar: Tolibonning Pokistonga qarshi dron kampaniyasining ichki ko‘rinishi
Pokiston armiyasi 23-sentabr kuni Xaybar Paxtunxoa viloyatida, Afg‘oniston chegarasidan 1000 metrdan kam masofada kamida sakkizta qanotli dronni urib tushirganini ma‘lum qildi. Shu yil fevralda boshlangan mojada Tolibon FPV dronlar va yuzlab kilometrlarga ucha olishi mumkin bo‘lgan qanotli qamikidronlardan foydalanib kelmoqda. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi oy boshidan beri Afg‘onistondan uchirilgan 23 ta dron sabab Tolibonga protest notasini topshirgani, 2026-yil 13-martda esa Islomobod yaqinida ikki dron urib tushirilgani aytilgan. Bir paytlar yaqin ittiqdosh bo‘lgan tomonlar, Pokiston Afg‘onistondagi TTP pozitsiyalariga zarba berganidan keyin ochiq urushga kirishdi. Mutaxassis Mark Grozelning aytishicha, bu dronlar harbiy jihatdan samarasiz va ushlash oson, ammo psixologik ta’siri kuchli; ularni yasash ham, komponentlarni Alibaba kabi platformalardan sotib olish ham endi murakkab emas.
Aziz Karimov
