Niderlandiya taxtining vorisi malika Amaliya dengiz marosimida serjant unvonini oldi
22 yoshli valiaxd malika Amaliya Den-Xelderda Statsraad Lehmkuhl yelkanli kemasi bortida o‘tkazilgan marosimda serjant unvoniga ko‘tarildi. U 2025-yilda Niderlandiya mudofaa kollejida o‘qishni boshlagan va qirollik flotida xizmat qilmoqda, bir hafta davomida birinchi kurs kursantlari bilan 1914-yilda qurilgan norvegiya uch ustunli kemada suzdi.
Sevara Azamova