«Barselona» «Oltin to‘p» marosimida yilning eng yaxshi ayollar klubi unvonini qaytarib oldi
Londonda bo‘lib o‘tgan «Oltin to‘p» marosimida «Barselona» yilning eng yaxshi ayollar klubi deb topildi va unvonni qaytarib oldi: klub 2023 va 2024-yillarda g‘olib bo‘lgan, 2025-yilda esa mukofot «Arsenal»ga nasib etgan edi. Asosiy asos 2025/26-yilgi mavsum bo‘ldi, unda jamoa Chempionlar ligasi bilan birga to‘rt sovrin qo‘lga kiritdi. Klub shaxsiy mukofotlarni ham to‘pladi.
Aziz Karimov















