Shvetsiya Falun-2027 chempionati oldidan rossiyalik chang‘ichilarga viza berishni cheklashni rejalashtirmoqda
Shvetsiya chang‘i assotsiatsiyasi va Shvetsiya sport konfederatsiyasi hokimiyatlardan 2027-yilda Falunda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga rossiyalik sportchilarning kirishini cheklash masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi. Migratsiya masalalari bo‘yicha vazir Yuxan Forssell idora rossiyaliklar va belarusliklarga kirishni rad etish uchun huquqiy asoslar ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Javlon Tursunov