Oura Cardio Effort va VO₂ max ko‘rsatkichlarini mashg‘ulotlarni kuzatish uchun qo‘shmoqda
RingConn va Ultrahuman raqobati kuchayib borayotgan bir paytda Oura ikki yangi funksiyani ishga tushirishini e’lon qildi: yurak-qon tomir tizimiga tushadigan yuklamani baholovchi Cardio Effort va GPS-mashg‘ulotlar asosida passiv o‘lchanadigan VO₂ max. Cardio Effort Gen3 va undan yangi modellarda, VO₂ max esa Oura Labs’da mavjud.
Sevara Azamova