Bundesbank: Germaniya iqtisodi to‘xtab qoldi, sentyabr inflyatsiyasi 2023-yil oxiridan buyongi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi
Bundesbank ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya iqtisodi uchinchi chorakda, ehtimol, o‘samagan — energiya narxlari o‘sishi, Reyndagi suv sathining pastligi va avtomobil sanoatining zaifligi tufayli. Sentyabrda yillik garmonlashtirilgan inflyatsiya avgustdagi 2,9% dan 3,3% gacha tezlashdi — bu 2023-yil oxiridan buyongi eng yuqori ko‘rsatkich. Bank inflyatsiyaning yuqori darajada saqlanishini kutmoqda.
Sevara Azamova