Manxetten prezidenti Vinni-Puhni qaytarishni talab qilgan britaniyaliklarga javob berdi: «Keling va olib keting»
Manxetten tumani prezidenti Bred Xollman-Sigal X ijtimoiy tarmog‘ida Alan Aleksandr Milnga ilhom bergan original o‘yinchog‘ni qaytarishga urinayotgan britaniyalik siyosatchilar haqidagi xabarlar fonida «Keling va olib keting» yozuvi bilan yumshoq o‘yinchogi ayiqlarning suratini e‘lon qildi. The Washington Post ma‘lumotlariga ko‘ra, Toni Bler va Devid Kemeron turli yillarda ayiqni Nyu-York jamoat kutubxonasidan qaytarishga erishishga harakat qilgan, u esa Kristofer Robinning o‘yinchog‘lari bilan birga saqlanadi.
Sevara Azamova