Qaşqadaryoda yangi gazkondensat koni oçildi
Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanidagi Şörtanda «Borisoy» nomli yangi gazkondensat koni topildi. Quduqni sinaş çoğida sutkasiga 300–400 ming kub metr gaz va kondensat oqimi olingani ma’lum qilindi. Qidiruv burğilaşi 5-avgustda boşlangan, quduq 3159 metr çuqurlikka burğilgan. Sinovlar 2842–3001 metr çuqurlikdagi karbonat çökindilaridan uglevodorodlar oqimini körsatdi. Mutaxassislar hozirda mahsuldor qatlamlarning xususiyatlarini örganib, kon salohiyatini baholamoqda. Sinovlar tugagaç, gaz 15-oktyabrdan boşlab iste’molçilarga yetkazib beriş uçun qayta işlaşga yuborilişi rejalaştirilgan. Yil oxirigaça ikkinçi qidiruv quduğini burğilaş ham közda tutilgan.
Dilnoza Rahimova