Rotenberg Batrakovning “Galatasaroy”dagi o‘yinini yuqori baholadi
“Sochi” futbol klubi prezidenti va egasi Boris Rotenberg Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksey Batrakovning Istanbulning “Galatasaroy” klubidagi chiqishlarini kuzatib borayotganini va uning o‘yinini yuqori baholayotganini aytdi. Batrakov avgust oyida “Lokomotiv”dan turkiyalik klubga o‘tgan va 13-oktyabr kuni “Barselona”ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida gol urgan edi.
Sevara Azamova