Ekspert Yevro-3 sinfidagi benzin salomatlik uchun nima bilan xavfli ekanini tushuntirdi
Perm Politexnika instituti dotsenti Sergey Pestrikov «Gazeta.Ru»ga K3 ekologik sinfidagi benzin 10 mg/kg o‘rniga 150 mg/kg gacha oltingugurt saqlashini aytdi. Oltingugurt yonish mahsulotlari havoni ifloslantiradi va nafas yo‘llarini qo‘zg‘atadi, ayniqsa astma bilan og‘rigan odamlar uchun. Shuningdek, oltingugurt katalizator va kislorod datchiklarining samaradorligini pasaytiradi, bu esa chiqindilar va yoqilg‘i sarfini oshiradi.
Javlon Tursunov
