Suriya Daraadagi aviazarbalar sababli Iordaniya elchisini chaqirdi, tomonlar qurbonlar soni haqida har xil ma’lumot beradi
Suriya Daraa viloyatidagi aviazarbalar munosabati bilan Iordaniya elchisiga norozilik notasini yetkazdi, biroq bir kun oldin Damashq va Amman qo‘shma tergov qo‘mitasi tuzishga kelishib olgan edi. Qurbonlar soni haqidagi ma’lumotlar tomonlarda farq qiladi: Suriya hokimiyati yetti tinch aholi vakili halok bo‘lganini, Iordaniya rasmiy vakili esa 20 dan ortiq IShID jangarisi yo‘q qilinganini aytmoqda.
Aziz Karimov



