Xalq Sug'urta sug'urta kompaniyasining davlat ulushi xususiylashtirish uchun AUVga topshirildi
«Xalq banki» kuzatuv kengashi 21-sentabrda Xalq Sug'urta sug'urta kompaniyasining 100% aksiyalarini (80 mln aksiya, 80 mlrd so‘m) keyinchalik xususiylashtirish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirishga qaror qildi. Kompaniya 62 korxona aktivlarini 2026—2027-yillarda sotish haqidagi 28-avgustdagi prezident farmoniga kiritilgan.
Sevara Azamova