Rimda İstanbul Photo Awards 2026 tanlovining ikkinchi ko‘rgazmasi ochildi
Anadolu agentligi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro İstanbul Photo Awards 2026 foto tanlovi g‘oliblari ko‘rgazmasi Anqaradagi birinchi ko‘rgazmadan so‘ng Rimdagi Il Portale Ostiense maydonida ochildi. 50 dan ortiq mukofotlangan surat taqdim etildi. Yil fotosurati — falastinlik fotomuallif Xaytam Imadning «Gaza, umidsizlik» surati bo‘lib, unda Nosir kasalxonadagi ikki yoshli Sham Kudeyx tasvirlangan; qiz keyinchalik Neapolga davolanishga olib borilgan va Anadolu rahbari so‘zlariga ko‘ra tuzalmoqda.
Sevara Azamova
