Am‘enda Brigitte Macron oilasining qandolat mahsulotlari dökonini olti maşinadagi 36 politsiyaçi qöriqlagan
Fransiyadagi norozilik namoyişlari paytida Am‘en şahrida joylaşgan va Brigitte Macronning jiyani Jean-Baptiste Trogneuxga tegişli qandolat dökoni olti maşinadagi 36 politsiyaçi tomonidan qöriqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda dökon «Fransiyaning eng yaxşi qöriqlanadigan dökoni» deb atalgan. Noroziliklar sentabr oxirida boşlanib butun mamlakatni qamrab oldi; 18-oktabrda Macron murojaat qilib, tartibsizliklarda aybdorlarni jazolaş va zarar körgan biznesni qöllab-quvvatlaş va’dasini berdi.
Sevara Azamova