«Neftchi» oxirgi daqiqada AfK Elita Chempionlar ligasida «Al-Ittihod»ga mag‘lub bo‘ldi
Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi uyida AfK Elita Chempionlar ligasi umumiy bosqichi uchinchi turida Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Jamshid Iskandarov penaltidan hisobni ochdi, ammo g‘alaba keltirgan golni Yusuf An-Nesiri oxirgi daqiqada kiritdi. Uch turdan so‘ng o‘zbekistonlik klub uch ochko bilan jadvalda to‘qqizinchi o‘rinda.
Aziz Karimov
