Yapon yozuvchisi Ryu Murakami vafot etdi
Yapon yozuvchisi Ryu Murakami o‘tgan shanba kuni 74 yoshida vafot etdi, deya Jiji Press agentligi xabar berdi. «Deyarli shaffof ko‘k» va «Tanga omboridagi bolalar» asarlarining muallifi 1976-yilda taxminan 3,5 million nusxada tarqalgan debyut romani uchun Gunzo va Akutagava mukofotlariga sazovor bo‘lgan edi. Oilasi yopiq vidolashish marosimini o‘tkazdi.
Aziz Karimov