Toshkentda 2027-yilning iyulidan boshlab temir yo‘l vokzallari, aeroport va avtovokzal o‘rtasida yagona transport koridori ishga tushirilishi rejalashtirilgan
Transport vazirligi 2030-yilgacha yo‘lovchi tashuvlarini rivojlantirish strategiyasi loyihasini muhokamaga chiqardi. Toshkent uchun Shimoliy va Janubiy vokzallar, aeroport va avtovokzalni bog‘lovchi yagona tizim, prigorod elektr poyezdlari sonini oshirish va metropolitenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati nazarda tutilgan. Samarqand, Nukus, Buxoro va Farg‘ona vodiysi uchun alohida chora-tadbirlar belgilangan.
Aziz Karimov