Polsha Mudofaa vaziri Yevropa mudofaa sanoatini «harbiy vaqt rejimiga» o‘tkazishga chaqirdi
Vladislav Kosinyak-Kamish Varshava xavfsizlik forumida Yevropa harbiy ishlab chiqarishni bir necha barobar oshirishi kerak, aks holda bu kelajakdagi avlodlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya allaqachon shunday rejimda ishlayapti. Estoniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, RF 2025-yilda taxminan 7 mln o‘q-dori ishlab chiqargan, esa YI va Norvegiya atigi 2 mln dona 150 mm kalibrli snaryad ishlab chiqaradi.











