«Layonz» janubiy afrikalik regbichi Xayron Endryus Chempionlar kubogi o‘yini oldidan vafot etdi
31 yoshli lok Xayron Endryus Fransiyaning Il-de-Re orolidagi mehmonxonada «Layonz» jamoasining Chempionlar kubogi doirasidagi «La-Rochel»ga qarshi o‘yinidan bir kun oldin o‘lik holda topildi. La-Rochel prokuraturasi tekshiruv boshladi; asosiy versiya sifatida tasodifiy o‘lim ko‘rsatilgan. O‘yin o‘yinchining xotirasiga bag‘ishlanadi, turnirning barcha o‘yinlaridan oldin bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi.
Bekzod Nazarov

















