BMT Xavfsizlik Kengashi yangi bosh kotiblikka nomzodlar bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi
BMT bosh kotibligiga nomzod yetti kishining hech biri hozircha Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmagan, bu haqda Associated Press manbalarga tayanib xabar berdi. Asosiy da’vogarlar — Rebeka Grinspan, Rafael Grossi va Karolin Rodriges-Birkett — agentlik ma’lumotiga ko‘ra, har biriga ikkitadan doimiy a’zo e’tiroz bildirgan. AQSh nomzodlardan birini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini istisno qilmayapti; ularning pozitsiyasi yaqin kunlarda aniq bo‘ladi.
Aziz Karimov

















