Asosiy ma’lumotlar
- Banklarni sanatsiya qiliş töğrisidagi Nizom 17-noyabrda kuçga kirdi
- Sanatsiya davomida MB bank boşqaruv organlarining vakolatlarini oladi va qadamlarini aksiyadorlar bilan kelişuvga majbur emas
- Kafolatlangan omonatlar, iş haqi va soliqlar öçirilmaydi; birinçi bölib yöqotişlarni aksiyadorlar va subordinatsiyalangan qarz egallari kötaradi
Banklarni salomatlaştirişning yangi mexanizmi
Özbekiston Markaziy banki banklarni sanatsiya qiliş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqladi — bu öz majburiyatlarini bajarolmayotgan bankni salomatlaştiriş uçun litsenziyani qaytarib oliş örniga qöllaniladigan protsedura. Hujjat 17-noyabrda kuçga kirdi. Sanatsiyaning e’lon qilingan maqsadlari — tizimli inqirozning oldini oliş, bankning eng muhim funksiyalarini saqlab qoliş, omonatçilarni himoya qiliş va davlat byudjeti xarajatlarini imkon qadar kamaytiriş.
Regulyator vakolatlari va ommaviylik
MB boşqaruvi sanatsiya töğrisida qaror qabul qilgan paytdan boşlab regulyatorga bankning aksiyadorlar umumiy yiğilişi, kuzatuv kengaşi va boşqaruvi vakolatlari ötadi. Sö'ngra MB yangi rahbariyat yoki maxsus boşqaruvçini tayinlaydi. Regulyator öz qadamlarini aksiyadorlar, kreditorlar va davlat organlari bilan keliştirişga majbur emas. Sanatsiya töğrisida MB va bankning özi öşa kunning özida öz saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda xabar berişi şart: bank nomi, qarorning raqami va sanasi hamda u amal qila boşlagan vaqt körsatiladi. Bundan oldin sanatsiyaga tayyorgarlik töğrisidagi ma’lumotlarni oşkor qiliş taqiqlanadi.
Qutqariş vositalari va omonatlarning taqdiri
Nizom birgalikda yoki alohida qöllaş mumkin bölgan bir neça vositani nazarda tutadi: bank aktivlari va majburiyatlarini, jumladan kreditlar va omonatlarni boşqa xaridorga ötkaziş yoki sotiş; muammoli bankning eng muhim funksiyalarini öz zimmasiga oladigan va 12 oygaça, yana bir yilga uzaytiriş imkoni bilan işlaşi mumkin bölgan oraliq bankni yaratiş; bank qarzlarini öçiriş yoki ularni aksiyalarga aylantiriş. Omonatlar boşqa yoki oraliq bankka ötkazilsa, omonatçilarning roziligi talab qilinmaydi — ular bilan yangi bank hisob şartnomalari tuzilmaydi. Öçiriş bankning kreditor oldidagi qarzining qisman yoki töliq yöqolişini anglatadi: investor öz pulini yöqotadi, konvertatsiya qilinganda esa pul örniga bank aksiyalarini oladi.
Kim birinçi bölib pul yöqotadi
Bank zararlarini birinçi navbatda aksiyadorlar qoplaydi — har biri öz uluşiga mutanosib ravişda. Bu yetarli bö'lmasa, MB qarzlarni öçirişni boşlaydi: avval subordinatsiyalangan qarz, sanatsiya paytida şartnoma böyiça oxirgi navbatda qaytariladigan qarz (bu yirik investorlar, davlat, boşqa banklar va xalqaro moliya institutlaridan olingan kreditlar), sö'ngra bank bilan bögliq şaxslar oldidagi majburiyatlar va faqat undan keyin boşqa qarzlar. Öçirişga kafolatlangan omonatlar, jumladan kafolatlaş çegarasidan oşgan qismi, bank xodimlarining iş haqi va pensiyalari (bonuslardan taşqari), soliqlar, bankning kundalik faoliyati uçun tovarlar va xizmatlar böyiça şartnomalar qarzlari hamda Omonatlarni kafolatlaş Agentligi oldidagi majburiyatlar kirilmaydi. Banklar subordinatsiyalangan qarz egallari va boşqa zaif kreditorlarga öçiriş xavfi haqida oldindan ogohlantirişi şart, aksiyadorlar va kreditorlar sanatsiya paytida bank likvidatsiya qilinganidan köp yöqotmasligi kerak. Sanatsiya uçun davlat byudjeti mablağlari kerak bölsa, MB bu masalani Vazirlar Mahkamasi bilan kelişişi lozim.
