Asosiy ma’lumotlar
- Karl III Vindzor qasridagi ziyofatda hadisni arab tilida keltirdi
- Sulton Haytim bin Toriqning tashrifi — 44 yil ichidagi birinchi shu darajadagi davlat tashrifi
- Hadis keltirilgan video lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi
Vindzor qasridagi ziyofatdagi iqtibos
Buyuk Britaniya qiroli Karl III Omanning sultoni Haytim bin Toriq sharafiga o‘tkazilgan davlat ziyofatida payg‘ambar Muhammadning hadisini — aytgan so‘zini arab tilida keltirib, Oman xalqini maqtadi: «Agar siz Oman xalqining oldiga kelsangiz, u sizni haqormat qilmas va urmas edi». Qirol hadisni tilovat qilgan video lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
44 yil ichidagi birinchi tashrif
Sulton Haytim bin Toriq Buyuk Britaniyaga uch kunlik davlat tashrifi bilan keldi — bu 44 yil ichidagi birinchi bunday tashrif. Seshanba kuni uni qirol Karl III va qirolicha Kamilla kutib oldi, kechqurun qirollik juftligi uning sharafiga Vindzor qasrida ziyofat uyushtirdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik haqida
O‘z nutqida Karl III Buyuk Britaniya va Oman o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikni, shuningdek, mojarolar davrida aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Omanning sa’y-harakatlari ahamiyatini ta’kidladi. «Yashab kelayotgan, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan munosabatlardan baxtliroq muvaffaqiyat ramzlari kam topiladi», — deb qo‘shdi u.


