Asosiy ma’lumotlar
- Barclays taxminan 5 000 xodimni qisqartirmoqda — global shtatning 5%i
- 1 000 lavozim allaqachon yopilgan, yana 4 000 tasi 2026-yil oxirigacha
- Bank qisqartirishlarni texnologiyalar va sun’iy intellektga kiritilgan investitsiyalar bilan bog‘lamoqda
Qisqartirishlar miqyosi
Barclays bank gurushi jarayonlariga sun’iy intellektni faolroq joriy etish fonida joriy yilda taxminan 5 000 xodimni qisqartirishini e’lon qildi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 000 lavozim allaqachon yopilgan, yana 4 000 lavozimni qisqartirish 2026-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Qisqartirishlar guruhning global shtatining taxminan 5%ini tashkil etadi.
Qaysi bo‘limlar ta’sir qiladi
Qisqartirishlarning aksariyati operatsion va funksional lavozimlarga to‘g‘ri keladi, asosiy qismi Buyuk Britaniyadagi chakana banklar bo‘limiga tegishli. Biroq qisqartirishlar investitsion banklar bo‘limiga ham ta’sir qiladi.
Sabab — texnologiyalar va sun’iy intellekt
Barclays qisqartirishlar texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalar natijasi ekanini ma’lum qildi: sun’iy intellekt bir qator ish jarayonlarini samaraliroq qilgan.
Manba, Getty Images 



