Asosiy ma’lumotlar
- 2026-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi — 39 535 225 kishi (Statistika milliy qo‘mitasi)
- Yillik o‘sish — 692,2 ming kishi yoki 1,8%
- Eng ko‘p aholi — Samarqand viloyatida (4 462 783), eng kam — Sirdaryo viloyatida (965 421)
Aholi soni 39,5 milliondan oshdi
Statistika milliy qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 39 535 225 kishini tashkil etdi. Hisoblarda aholini ro‘yxatga olish natijalari hisobga olingani idoraning xabarida alohida ta’kidlangan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan aholi soni 692,2 ming kishiga yoki 1,8% ga oshdi.
Hududlar bo‘yicha taqsimot
Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida qayd etilgan — 4 462 783 kishi. Undan keyin Farg‘ona (4 293 001) va Toshkent (3 799 043) viloyatlari keladi. Eng kam aholi — Sirdaryo viloyatida (965 421). Hududlar bo‘yicha to‘liq ro‘yxat: Samarqand — 4 462 783; Farg‘ona — 4 293 001; Toshkent — 3 799 043; Qashqadaryo — 3 746 228; Andijon — 3 574 464; Toshkent shahri — 3 278 512; Namangan — 3 190 767; Surxondaryo — 3 030 030; Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 166 044; Xorazm — 2 162 068; Buxoro — 2 125 129; Jizzax — 1 545 176; Navoiy — 1 196 559; Sirdaryo — 965 421.
Sensus ma’lumotlari
Avval sensusning dastlabki natijalari bo‘yicha O‘zbekiston aholisi 39 million kishidan oshgani xabar qilingan edi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 19,76 million erkak va 19,3 million ayol yashaydi; shaharlarda 21,3 million kishi, qishloq joylarda — 17,8 million kishi istiqomat qiladi.



