Asosiy ma’lumotlar

  • Bobir Islomov Navoiy shahri hokimi etib tayinlandi
  • Qaror 2026-yil 13-oktabrda shahar Kengashi tomonidan tasdiqlandi
  • Dilmurod Ergashev hokim lavozimidan ozod etildi

Bobir Islomov Navoiy shahri hokimi etib tayinlandi.

Bungacha u «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlash qarori 2026-yil 13-oktabrda qabul qilindi va Navoiy shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlandi. Xuddi shu sessiyada Dilmurod Ergashev shahar hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bobir Islomov 1981-yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda Navoiy davlat konchilik institutini, 2005-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini, 2012-yilda esa Oliy biznes maktabini tamomlagan.