Saksoniya-Anhalt landtagi Ukrainaga yordamni to‘xtatishni talab qildi
Saksoniya-Anhalt landtagi AdG va BSW partiyalarining qo‘shma rezolyutsiyasini ko‘pchilik ovozi bilan qabul qildi. Hujjatda Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordamni to‘xtatish hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish talab qilinadi. Rezolyutsiya uchun 83 o‘rindan 44 tasiga ega deputatlar ovoz berdi, XDS, SDPG, "Yashillar" va Chaplar partiyasi qarshi chiqdi. Bosh vazir Sven Shultse tashabbusni siyosiy shou deb atadi, Ukraina elchisi Aleksey Makeev esa uni "absurdlik cho‘qqisi" deb baholadi. Nemis OAV qaror asosan ramziy ekanini ta’kidlaydi, chunki sanksiyalar va yordam masalalari federal hokimiyatlar va YI vakolatida.














