Shavkat Mirziyoyev Xitoy Bosh vaziri Li Syan bilan tinch atom va aviareyslar sonini oshirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
17-oktabr O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar «yashil» energetika, tinch atom, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi hamda ikki davlat shaharlari o‘rtasidagi aviareyslar sonini oshirish masalalarini muhokama qildi. Loyihalar portfeli deyarli 60 mlrd dollarga yetdi, 6 mingdan ortiq qo‘shma korxona tashkil etilgan.

















