AQShda roller-kosterdan qulagan erkak halok bo‘ldi
Amerikaning Jorjiya shtatidagi Six Flags Over Georgia ko‘ngilochar bog‘ida attraksiondagi hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohat oldi. Cobb okrugi politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya ehtiyot chorasi sifatida o‘xshash attraksionlarni yana to‘qqizta bog‘ida to‘xtatdi. Guvohlarning aytishicha, erkak o‘rindig‘idan yiqilib, attraksion detallariga urilib yerga qulagan. Hodisa qaysi attraksionda sodir bo‘lgani rasman tasdiqlanmagan, biroq videolavhalarda «Goliaf» roller-kosteri ko‘rinadi.




