O‘zbekistonlik shifokor Toshkent — Seul reysida ahvoli yomonlashgan yo‘lovchiga yordam berdi
11-oktyabr kuni Toshkent — Seul yo‘nalishidagi HY511 reysida yo‘lovchilardan birining ahvoli birdaniga yomonlashdi. Bortda bo‘lgan o‘zbekistonlik shifokor Bahodir Qamilov unga yordam ko‘rsatdi. Uzbekistan Airways ma’lumot berishicha, shifokor va ekipajning harakatlari tufayli ayolning ahvoli barqarorlashtirildi va uning hayoti xavf ostida qolmadi. Aviakompaniya Qamilovga yordami va kasbiy mahorati uchun rahmat bildirdi hamda ekipajning uyg‘un ishini qayd etdi.





