Yevropa Ittifoqi Vengriyadan antikorrupsiya cheklovlarini olib tashlab, 4,2 mlrd yevroni muzdan chiqardi
Yevropa Ittifoqi Kengashi 2022-yilda Viktor Orban hukumati davrida joriy etilgan byudjet shartlilik mexanizmini bekor qildi. Qaror 4,2 mlrd yevroni muzdan chiqaradi va Vengriyaga Erasmus+ hamda Horizon Europe dasturlariga qayta kirish imkonini beradi. Peter Magyar boshchiligidagi ‘Tisa’ partiyasi g‘alabasidan so‘ng jami 16,4 mlrd yevronni islohotlar evaziga blokdan chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


