Navoiy: shaharning yangi hokimi etib Bobir Islomov tayinlandi
Navoiy viloyati hokimining 2026-yil 13-oktabrdagi qaroriga muvofiq Navoiy shahri hokimi etib Bobir Xusniddinovich Islomov tayinlandi, u ilgari «Regional elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2023-yil iyulidan beri shaharga rahbarlik qilgan Dilmurod Ergashevni almashtirdi. Avvalgi hokimning iste’foga chiqish sabablari oshkor qilinmadi.

















