O‘zbekistonda aholiga besh tadbir bo‘yicha 1,7 trln so‘m ajratiladi
O‘zbekistonda energetika islohotlari davrida aholiga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish bo‘yicha besh tadbirga jami 1,7 trln so‘m ajratiladi. Ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, gaz yo‘q uy xo‘jaliklari uchun elektr energiyasi bazaviy normasi 200 dan 350 kVt·soatga oshiriladi, kompensatsiyalar daromad mezoni 1,43 mln so‘mgacha ko‘tariladi, tarif farqi kompensatsiyasi 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi, 3 ming uy xo‘jaligi uylari izolyatsiya qilinadi.
Nilufar Karimova




