Andorra darvozaboni Tenerifening hujumchisi vafotidan keyin hayratda qoldi
Tenerife jamoasining 30 yoshli hujumchisi Jesus de Miguel Ispaniyaning ikkinchi divizionida Andorra darvozaboni Jesus Ovono bilan to'qnashuvdan so'ng vafot etdi. Voqea dushanba kuni 2:2 hisobida o'tayotgan o'yinning qo'shimcha vaqtida yuz berdi. Ovono qizil kartochka oldi va o'yin to'xtatildi. Ispaniya politsiyasi ehtiyotsizlikdan o'ldirish gumoni bilan tergov boshladi. Andorra himoyachisi Lautaro Spats de Migel xotirasiga bag'ishlangan murojaat e'lon qilib, Ovononi himoya qildi. Ovono Instagram'dagi akkauntini o'chirib qo'ydi.
Bekzod Nazarov